UZ domenlari uchun NFT sertifikati

UZ domen nomlari uchun NFT sertifikati UZ domenining butun muddati uchun beriladigan raqamli sertifikat bo‘lib, domen nomini firibgarlikdan himoya qilish uchun foydalaniladi.

Bu domen egasiga domen nomini ro'yxatdan o'tkazish muddati davomida ushbu domenga egalik qilishning mutlaq huquqini kafolatlaydigan sertifikat.

Domen nomlari uchun NFT sertifikati blokcheyn tarmog'ida domen nomi va uning egasini bog'laydigan raqamli barmoq izini yaratish orqali ishlaydi.

Bu domen nomi egasining shaxsini aniqlash va uning ushbu nomdan foydalanish huquqini tasdiqlash imkonini beradi.

Batafsil ma'lumot nft.cctld.uz saytida.


Narxi

Jismoniy shaxslar uchun: 35 000 so'm

Yuridik shaxslar uchun: 70 000 so'm

NFT sertifikati domenni ro'yxatdan o'tkazish muddati tugaguncha amal qiladi va domen yangilanganda yangilanmaydi.

Bundan tashqari, domen nomini o'tkazishda NFT sertifikati yangi egasiga o'tmaydi.

NFT sertifikati elektron shaklda yaratiladi va domen egasining elektron pochtasiga yuboriladi.

Olingan NFT sertifikatini NFT sertifikatlari ro'yxatida tekshirish mumkin.

Afzalliklar

Ro'yxatga oluvchilar o'rtasida domenni tez o'tkazish

Ro'yxatga oluvchiga qayta murojaat qilmasdan domen nomiga bo'lgan huquqni tasdiqlaydi

Domen nomingizni firibgarlikdan himoya qilish

Domenni yangi egasiga o'tkazishda domen nomiga bo'lgan huquqni tasdiqlaydi

Savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazishda NFT-sertifikati domen nomining ustuvorligini tasdiqlaydi va bu haqida ma'lumot blokcheynda saqlanadi

Ro‘yxatdan o‘tish ustuvorligi bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqishda domen nomiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydi