Biz O‘zbekiston hududidagi TAS-IX tarmog‘ida va Germaniyada xostingni taqdim etamiz

Bizdan siz O'zbekiston hududida va Germaniyada yuqori sifatli xostingni buyurtma berishingiz, UZ domen nomini yoki 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domen nomini ro'yxatdan o'tkazishingiz, virtual va jismoniy serverni ijaraga olishingiz, shuningdek, mashxur provayderlar SSL sertifikatlarini xarid qilishingiz mumkin. Bizning serverlarimiz O'zbekiston hududining TAS-IX tarmog'idagi va Germaniyadagi ma'lumotlar markazida joylashgan.

Buyurtma berish uchun sizni qiziqtirgan xizmatni tanlang va buyurtma tugmasini bosing. Agar buyurtma berishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling, bizning mutaxassislarimiz sizga albatta yordam beradilar.

 

Yangiliklar

[28.12.2024]

Hurmatli obunachilar, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan kompaniyamizning ish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilganligi eʼlon qilinadi:

31.12.2024 dan 01.01.2025 gacha ofisimiz yopiladi. Savdo bo'limi ishlamaydi.

Ofisimiz 02.01.2025 da ochiladi.
Shu kunlarda texnik yordam bo'limi texnik qo'llab-quvvatlash qoidalariga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[28.12.2024]

Sizni 2025-yil Yangi yilingiz bilan tabriklaymiz! Yangi yilda yangi uchrashuvlarni, qiziqarli loyihalarni, faqat ijobiy his-tuyg'ularni va quvonchli yangiliklarni tilaymiz. Biz hamkorligimizni qadrlaymiz va munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga umid qilamiz.

Sizga yangi yilda sog'lir, baxt va ravnaq tilaymiz.

batafsil
 
[13.12.2024]

13-dekabr 2024-yilda .UZ domeni ma'muriyati O‘zbekiston Respublika Tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda .UZ domen zonasidagi bo‘shayotgan domenlarni kim oshdi savdolari orqali sotish uchun domain.uzex.uz (auction.cctld.uz) xizmatini ishga tushirdi.

Endi foydalanuvchilar domenlarni adolatli va shaffof kim oshdi savdosi tizimi orqali sotib olishlari mumkin. Domenlar muddati tugaganidan keyingi Redemption period (qayta tiklash davri) bosqichidan o‘tgan holda, platformada kim oshdi savdosi uchun taqdim etiladi.

batafsil
 
[29.10.2024]

aHOST kompaniyasi yuqori tezlikdagi NVMe disklarda virtual xosting tariflarini taqdim etgan birinchi O‘zbekiston kompaniyasi bo‘lganidan faxrlanadi. Bu yangilik mijozlarimizga saytlarning yuklanish tezligi, maksimal barqarorlik va ishonchlilik borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Siz NVMe disklarida xostingni bizning saytimizda quyidagi manzil orqali buyurtma qilishingiz mumkin: https://www.ahost.uz/uz/hosting/germany.

aHOST'ning NVMe disklaridagi tariflari O‘zbekistondagi xosting rivojlanishida inqilobiy qadam bo‘lib, yuqori unumdorlik va sifatga intiluvchi sayt egalari tomonidan albatta qadrlanadi.

batafsil
 
[29.10.2024]

Germaniyada joylashgan tarif tarmog'i uchun server uskunalari va dasturiy ta'minotning yangilanishi haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz.

Ushbu yangilanish doirasida:

  • Endi barcha disklar NVME bo'lib, bu ma'lumotlarga tezkor kirish va ishlash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
  • Ma'lumotlar xavfsizligini oshirish va himoya qilish uchun kundalik zahira nusxa olish joriy qilindi.
  • "Birinchi", "Standart" va "Korporatsiya" tariflaridagi disk hajmi ikki barobarga oshdi, bu esa ma'lumotlarni saqlash uchun ko'proq imkoniyat yaratadi.
  • Tarif tarmog'ida mijozlarimiz ehtiyojlarini yanada aniqroq qondirish uchun yangi takliflar – “Kuch”, “Yutuq” va “Ittifoq” paydo bo'ldi.
  • "Portal SSD 10G" tarif rejasi nomi "Komfort" so'ziga o'zgartirildi.
  • cPanel, MariaDB va PostgreSQL ma'lumotlar bazalari, shuningdek, PHP, Node.js, Python va boshqa veb-loyihalarni samarali boshqarish uchun zarur bo'lgan asboblarning yangilangan versiyalari o'rnatildi.

 

E'tibor bering, "Birinchi", "Standart" va "Korporatsiya" tariflaridagi disk hajmining ortishi bilan ularning narxi ham o'zgaradi.

 

Biz xizmatlarimizni rivojlantirish va takomillashtirishda davom etamiz, shunda har bir aHOST mijoziga yuqori darajadagi ishonchlilik va qulaylik taqdim etiladi. Ishonchingiz uchun sizga rahmat!

batafsil
 
[15.10.2024]

Domen reyestrlari tarafdan xalqaro domenlarni roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish boʻyicha registratorlar narxlarining oshishi, shuningdek, dollar kursining oshishi munosabati bilan 2024-yil 1-noyabrdan boshlab xalqaro domenlarni roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish xarajatlari oʻrtacha 40% oshiriladi.

2024-yil 1-noyabrgacha xalqaro domenlarni joriy narxlarda ro‘yxatdan o‘tkazishingiz va uzaytirishingiz mumkin.

batafsil