Xosting xizmatlarini texnik qo'llab-quvvatlash qoidalari
Murojaatlar qabul qilinish navbatida ko‘rib chiqiladi.
BAJARUVCHIning qo'llab-quvvatlash xizmati obunachining shaxsiy kabinetidan tegishli so'rovni qabul qilish orqali obunachilardan olingan tiketlarni qayta ishlaydi va xizmatlarning to'liq ishlashini ta'minlaydi.
Texnik qo'llab-quvvatlash xizmati skriptlarni sozlash, dasturlash, veb-dizayn yoki boshqa obunachi dasturlarini o'rnatish va sozlash bo'yicha yordam bermaydi. Bunday yordam faqatgina BAJARUVCHIning xohishiga binoan berilishi mumkin.
Texnik qo'llab-quvvatlash virtual va jismoniy serverlarni boshqarish bo'yicha bepul yordam ko'rsatmaydi. BAJARUVCHI mas'uliyati jismoniy serverning ishlashini, shuningdek uning tarmoqda mavjudligini ta'minlashni o'z ichiga oladi.
Boshqa aloqa vositalari (jumladan, telegram, telefon, elektron pochta) orqali qilingan so‘rovlar rasmiy hisoblanmaydi va bunday aloqa vositalari orqali murojaatlar BAJARUVCHIning qo'llab-quvvatlash xizmati tarafdan qabul qilinmasligi mumkin.
Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov yuborishdan oldin, avvalo https://clients.ahost.uz/knowledgebase.php manzilida joylashgan Bilimlar bazasidagi ma'lumotlar bilan tanishing.
Qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganda, murojaatingiz iloji boricha batafsilroq bo'lishiga harakat qiling, domen nomini, fayl va direktoriyalar yo'llarni, shuningdek, muammoingizni aniqlashga yoki savolingizni tushunishga yordam beradigan boshqa ma'lumotlarni to'g'ri ko'rsating. Aks holda, bunday ma'lumotlarni aniqlashtirish va muommoingizni yechish uchun qo'shimcha vaqt talab qilinishi mumkin.
Agar xizmatlarni ishlatish jarayonida xatolar yuzaga kelsa, ularni texnik yordamga yuboring va bu xatoni qanday qilib texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassislari o'zlari tarafidan takrorlashni iloji boricha batafsil tushuntirib bering.
Ma'lumotlarni yoki sozlamalarni o'zgartirishni talab etuvchi murojaatlar faqat xizmat egasi bo'lgan obunachilarning shaxsiy kabineti tiket tizimidan qabul qilinadi. BAJARUVCHI o'z xohishiga ko'ra obunachidan bunday murojaat uchun qo'shimcha ma'lumotlarni tasdiqlashni talab qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Texnik qo'llab-quvvatlash xizmati kuniga 24 soat uzluksiz ishlaydi.
BAJARUVCHIga yuborilgan murojaatlarni bajarish muddati 24 (yigirma to'rt) soatdan oshmasligi kerak, murojaatlarnning bajarilishi ob'ektiv ravishda ko'proq vaqt talab qiladigan hollar bundan mustasno.
BAJARUVCHIga yuborilgan murojaatlarga javob berish muddati ish vaqtida 2 (ikki) soatdan va ish vaqtidan tashqari 4 (to'rt) soatdan oshmasligi kerak, murojaatga javob berish ob'ektiv ravishda ko'proq vaqt talab qiladigan hollar bundan mustasno.