Reseller hamkorlik dasturi

Veb-studiyalar, shuningdek, yangi xosting kompaniyalari uchun biz "Reseller" hamkorlik dasturini ishlab chiqdik, uning yordamida siz bizning uskuna va dasturiy ta'minotimizni ijaraga olib, o'z nomingizdan xosting xizmatlarini ko'rsatishingiz mumkin. Siz mustaqil ravishda o'zingizning tarif rejalaringizni ishlab chiqishingiz va mijozlaringizga xosting sotishingiz mumkin.

Buning uchun server boshqaruvi bo'yicha hech qanday maxsus bilimga ega bo'lishingiz shart emas, bizning malakali server ma'murlarimiz o'zlari serverni sozlab berishadi. Siz qilishingiz kerak bo'lgan yagona narsa - Reseller rejasini sotib olib, o'zinginz nomingizdan mijozlaringizga xosting taqdim etishdan iborat.

 

Hamkorlik dasturi shartlari

  1. Hamkorlik dasturida qatnashish O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga ruxsat etiladi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan bankda milliy valyutada hisob raqamiga ega bo‘lishingiz shart.
  3. O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchisi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjatlarni bizga taqdim etishingiz kerak.
  4. Biz bilan reseller shartnomasini tuzishingiz kerak.

 

Reseller shartnomasini tuzish

Biz bilan reseller shartnomasini tuzish uchun siz quyidagi hujjatlar bilan bizning ofisimizga tashrif buyurishingiz kerak:

  1. Yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
  2. Yuridik shaxsning rahbarini tayinlash to'g'risidagi buyruqning nusxasi.
  3. Yuridik shaxs rahbarining pasporti nusxasi.
  4. Yuridik shaxsning rekvizitlari:
    1. Yuridik manzil
    2. Telefonlar
    3. Elektron pochta manzili
    4. Bank hisob raqami
    5. Bank nomi
    6. Bank kodi
    7. STIR
    8. IFUT

 

Agar ofisimizga tashrif buyurish imkoni bo'lmasa, bizga kerakli hujjatlarni info@ahost.uz pochta qutimizga yuborishingiz mumkin, mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanib, keyingi harakatlar bo'yicha ko'rsatmalar beradi.