Yangiliklar

[29.03.2025]

Аziz yurtdoshlar va hurmatli hamkasblar!

Samimiyat bilan sizlarni ulug' va muqaddas bayrami - Ramazon Hayit ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Oilaviy quvonch va totuvlik doimiy xamrohingiz bo'lsin.

Yurtimizda tinchlik, osoishtalik xonadonimizni fayzu baraka tark etmasin.

 

Bayram munosabati bilan, 29.03.2025 kuni ish kuni qisqartiriladi, ofis 16:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[27.03.2025]

Biz o‘z bonus valyutamiz — XPni ishga tushirdik! Uni xizmatlarimiz uchun to‘lov qilishda ishlatishingiz mumkin! 1 XP = 1 so‘m.

XP quyidagilar uchun beriladi:

✅ 1% keshbek — domenlar va hosting xizmatlari uchun to‘lovlardan so‘ng.
✅ Bayram sovg‘alari — har bir bayram va tug‘ilgan kun uchun 10 000 XP.
✅ Taqrizlar — har bir halol taqriz uchun 25 000 XP.
✅ Ijtimoiy tarmoqlarga obuna — har bir kanalga obuna uchun 5 000 XP.
✅ Do‘stlarni taklif qilish — taklif etilgan do‘stlarning har bir to‘lovidan 1%.
✅ Progresiv keshbek — xizmatlarimiz uchun umumiy xarajatlardan 4% gacha aytariladi.
✅ Auktsion domenlari — har bir yutib olingan domen uchun 1% keshbek.

batafsil
 
[23.03.2025]

Joriy yilda SUVAN NET kompaniyasi aHOST brendi ostida muhim bosqichni nishonlamoqda — muvaffaqiyatli faoliyatining 15 yilligi!

Bu yillar davomida biz rivojlandik, ilg‘or texnologiyalarni joriy etdik, servisni yaxshiladik va siz — mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan birga ulg‘aydik.

Ushbu 15 yil davomida:

  • Minglab loyihalarga ishonchli xosting topishda va barqaror ishlashda yordam berdik.
  • Saytlarni tez va xavfsiz joylashtirish uchun kuchli infratuzilma yaratdik.
  • Sizni 24/7 qo‘llab-quvvatlashga tayyor mutaxassislar jamoasini shakllantirdik.

aHOST’ni tanlaganingiz uchun rahmat!

Oldinda yanada ko‘proq yutuqlar, yangi yechimlar va yoqimli syurprizlar kutmoqda. Biz bilan qoling — eng yaxshisi hali oldinda!

batafsil
 
[20.03.2025]

Aziz yurtdoshlarimiz va qadrli mexmonlarimiz!

Sizni yangilanish va yosharish bayrami – «Navro’z» ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Ushbu fayzli kun sizga quvonch, iliqlik va hamjihatlik olib kelsin! Uyingizda farovonlik, muhabbat va baxt hukm sursin, yuragingiz esa umid va ilhom bilan to‘lsin!

Sizga ishlaringizda muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq va barcha ezgu niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilaymiz! Tabiatning yangilanishi hayotingizga yangi imkoniyatlar va baxtli onlarni olib kelsin!

Navro’z ayyomi barchamizga muborak bo’lsin!

 

Bayram munosabati bilan, 20.03.2025 kuni ish kuni qisqartiriladi, ofis 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[07.03.2025]

Aziz, go'zal va mehribon Oʻzbekiston ayollari!

Sizni 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Bu kun siz qanchalik aziz, qanchalik muhim va naqadar ajoyib ekanligingizni aytish uchun yana bir sababdir!

Siz – oilaning yuragi, uyning iliqligi va butun dunyo uchun ilhom manbasisiz. Hayotingiz yanada quvonchli daqiqalar, sevgi, g'amxo'rlik va baxtga to'lsin! Ko'zlaringiz quvonch bilan porlasin, qalbingiz iliqlikka to'lsin va orzularingiz osongina va chiroyli tarzda amalga oshsin!

 

Bayram munosabati bilan, 07.03.2025 ish kuni qisqartiriladi, ofis 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[28.12.2024]

Hurmatli obunachilar, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan kompaniyamizning ish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilganligi eʼlon qilinadi:

31.12.2024 dan 01.01.2025 gacha ofisimiz yopiladi. Savdo bo'limi ishlamaydi.

Ofisimiz 02.01.2025 da ochiladi.
Shu kunlarda texnik yordam bo'limi texnik qo'llab-quvvatlash qoidalariga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[28.12.2024]

Sizni 2025-yil Yangi yilingiz bilan tabriklaymiz! Yangi yilda yangi uchrashuvlarni, qiziqarli loyihalarni, faqat ijobiy his-tuyg'ularni va quvonchli yangiliklarni tilaymiz. Biz hamkorligimizni qadrlaymiz va munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga umid qilamiz.

Sizga yangi yilda sog'lir, baxt va ravnaq tilaymiz.

batafsil
 
[13.12.2024]

13-dekabr 2024-yilda .UZ domeni ma'muriyati O‘zbekiston Respublika Tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda .UZ domen zonasidagi bo‘shayotgan domenlarni kim oshdi savdolari orqali sotish uchun domain.uzex.uz (auction.cctld.uz) xizmatini ishga tushirdi.

Endi foydalanuvchilar domenlarni adolatli va shaffof kim oshdi savdosi tizimi orqali sotib olishlari mumkin. Domenlar muddati tugaganidan keyingi Redemption period (qayta tiklash davri) bosqichidan o‘tgan holda, platformada kim oshdi savdosi uchun taqdim etiladi.

batafsil
 
[29.10.2024]

aHOST kompaniyasi yuqori tezlikdagi NVMe disklarda virtual xosting tariflarini taqdim etgan birinchi O‘zbekiston kompaniyasi bo‘lganidan faxrlanadi. Bu yangilik mijozlarimizga saytlarning yuklanish tezligi, maksimal barqarorlik va ishonchlilik borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Siz NVMe disklarida xostingni bizning saytimizda quyidagi manzil orqali buyurtma qilishingiz mumkin: https://www.ahost.uz/uz/hosting/germany.

aHOST'ning NVMe disklaridagi tariflari O‘zbekistondagi xosting rivojlanishida inqilobiy qadam bo‘lib, yuqori unumdorlik va sifatga intiluvchi sayt egalari tomonidan albatta qadrlanadi.

batafsil
 
[29.10.2024]

Germaniyada joylashgan tarif tarmog'i uchun server uskunalari va dasturiy ta'minotning yangilanishi haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz.

Ushbu yangilanish doirasida:

  • Endi barcha disklar NVME bo'lib, bu ma'lumotlarga tezkor kirish va ishlash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
  • Ma'lumotlar xavfsizligini oshirish va himoya qilish uchun kundalik zahira nusxa olish joriy qilindi.
  • "Birinchi", "Standart" va "Korporatsiya" tariflaridagi disk hajmi ikki barobarga oshdi, bu esa ma'lumotlarni saqlash uchun ko'proq imkoniyat yaratadi.
  • Tarif tarmog'ida mijozlarimiz ehtiyojlarini yanada aniqroq qondirish uchun yangi takliflar – “Kuch”, “Yutuq” va “Ittifoq” paydo bo'ldi.
  • "Portal SSD 10G" tarif rejasi nomi "Komfort" so'ziga o'zgartirildi.
  • cPanel, MariaDB va PostgreSQL ma'lumotlar bazalari, shuningdek, PHP, Node.js, Python va boshqa veb-loyihalarni samarali boshqarish uchun zarur bo'lgan asboblarning yangilangan versiyalari o'rnatildi.

 

E'tibor bering, "Birinchi", "Standart" va "Korporatsiya" tariflaridagi disk hajmining ortishi bilan ularning narxi ham o'zgaradi.

 

Biz xizmatlarimizni rivojlantirish va takomillashtirishda davom etamiz, shunda har bir aHOST mijoziga yuqori darajadagi ishonchlilik va qulaylik taqdim etiladi. Ishonchingiz uchun sizga rahmat!

batafsil
 
[15.10.2024]

Domen reyestrlari tarafdan xalqaro domenlarni roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish boʻyicha registratorlar narxlarining oshishi, shuningdek, dollar kursining oshishi munosabati bilan 2024-yil 1-noyabrdan boshlab xalqaro domenlarni roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish xarajatlari oʻrtacha 40% oshiriladi.

2024-yil 1-noyabrgacha xalqaro domenlarni joriy narxlarda ro‘yxatdan o‘tkazishingiz va uzaytirishingiz mumkin.

batafsil
 
[30.09.2024]

«aHOST» kompaniyasi barchani еng samimiy kuz bayramlaridan biri bilan tabriklaydi.

Bizga o'zlarining bir parchasini, mehrini bergan barcha o'qituvchilar va murabbiylarga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bunday mas’uliyatli va olijanob ishingizda, chin qalbimizdan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, baxt-saodat va oilaviy farovonlik tilaymiz.

Fidokorona mehnatingiz uchun tashakkur.

 

Bayram munosabati bilan, 30.09.2024 qisqa kun, ofis soat 17:00 gacha ishlaydi. 01.10.2024 kuni ofisimiz soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Texnik ta'minot bo'limi shu kunlarda nizomga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[30.08.2024]

Aziz Yurtdoshlar!

Biz barcha Yurtdoshlarni O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz va Yurtimizga tinchlik, osoishtalik, va farovonlik tilaymiz.

 

Bayram munosabati bilan, 31.08.2024 qisqa kun, ofis soat 16:00 gacha ishlaydi. 01.09.2024 dan 03.09.2024 gacha ofisimiz soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Texnik ta'minot bo'limi shu kunlarda nizomga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[25.07.2024]

Hurmatli obunachilar,

 

Biz xalqaro to'lov xizmati Freedom Pay orqali yangi to'lov usulini qo'shdik. Endi siz VISA/MASTERCARD/UZCARD/HUMO to'lov kartalari va Sberbank tez to'lov tizimi (СБП) yordamida xizmatlarimiz uchun bemalol to'lashingiz mumkin.

batafsil
 
[14.06.2024]

Аziz yurtdoshlar va hurmatli hamkasblar!

Samimiyat bilan sizlarni ulug' va muqaddas bayrami - Qurbon Hayit ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Oilaviy quvonch va totuvlik doimiy xamrohingiz bo'lsin.

Yurtimizda tinchlik, osoishtalik xonadonimizni fayzu baraka tark etmasin.

 

Bayram munosabati bilan, 15.06.2024 qisqa kun, ofis soat 16:00 gacha ishlaydi. 16.06.2024 dan 18.06.2024 gacha ofisimiz soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Texnik ta'minot bo'limi shu kunlarda nizomga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[01.06.2024]

Domen administratori tomonidan UZ domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish bo‘yicha ro‘yxatga oluvchilar uchun narxlar oshishi munosabati bilan 2024-yil 1-iyuldan boshlab UZ domenlarini 1 yilga ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish narxi 27 000 so‘mga teng bo‘ladi, Redemption Period davrida domenlarni 1 yilga uzaytirish narxi esa 80 000 so‘mga teng bo‘ladi.

2024-yil 1-iyulgacha UZ domenlarini eski narxda – 1 yilga 17 000 so‘m bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, UZ domenlarini 10 yilgacha ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish mumkin.

batafsil
 
[08.05.2024]

Аziz yurtdoshlarimiz va qadrli mehmonlarimiz!

Yurtimizda umumxalk bayrami sifatida keng nisholanayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Vatanimizda abadiy tinchlik, osoyishtalik va farovonlik hukm sursin, xalqimizning asosiy qadriyatlari avvalgidek bagʼrikenglik, rahm-shafqat, qoʼni-qoʼshnichilik, yaqinlarga mehr va rahm-shafqat bilan yashasin.

 

Bayram munosabati bilan, 08.05.2024 qisqa kun, ofis soat 17:00 gacha ishlaydi. 09.05.2024 kuni ofisimiz soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Texnik ta'minot bo'limi shu kunlarda nizomga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[08.04.2024]

Аziz yurtdoshlar va hurmatli hamkasblar!

Samimiyat bilan sizlarni ulug' va muqaddas bayrami-Ramazon Hayit ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Oilaviy quvonch va totuvlik doimiy xamrohingiz bo'lsin.
Yurtimizda tinchlik, osoishtalik xonadonimizni fayzu baraka tark etmasin.

 

Bayram munosabati bilan, 09.04.2024 qisqa kun, ofis soat 17:00 gacha ishlaydi. 10.04.2023 dan 14.04.2024 gacha ofisimiz soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Texnik ta'minot bo'limi shu kunlarda nizomga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[20.03.2024]

Aziz yurtdoshlarimiz va qadrli mexmonlarimiz!

Sizni yangilanish va yosharish bayrami – «Navro’z» ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Navro’z butun yurtimizga, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Yil bo’yi qalbingizni quvonch, xonadoningizni baxt tark etmasin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!

Navro’z ayyomi barchamizga muborak bo’lsin!

Bayram munosabati bilan, 20.03.2024 qisqa kun, ofis soat 17:00 gacha ishlaydi. 21.03.2024 dan 24.03.2024 gacha ofisimiz soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq bo'ladi. Savdo va texnik ta'minot bo'limlari nizomga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[08.03.2024]

Дорогие женщины, в день весны, красоты и нежности мы хотим поздравить вас с 8 Марта и пожелать вам всего самого лучшего.

Вы душа и сердце нашего мира. Вы сильные и умные, мудрые и талантливые. Вы умеете улыбаться и радоваться жизни. И в этот день мы желаем вам, чтобы улыбка никогда не сходила с ваших лиц, а жизнь была полна радости и счастья. Вы создаете красоту в мире, вы дарите нам свою любовь и заботу. Мы ценим вас за мудрость, доброту и терпение, которые помогают нам преодолевать все трудности жизни.

В этот день мы желаем вам счастья, здоровья и удачи во всех ваших начинаниях. Пусть в вашей жизни будет больше ярких моментов, новых открытий и знакомств. Пусть вы всегда будете окружены любовью и заботой близких вам людей, а ваша жизнь будет наполнена смыслом и радостью.

С Международным женским днем!

batafsil
 

Pages