UZ domenlarini ro'yxatdan o'tkazish narxi oshishi

Дата публикации: 
01.06.2024

Domen administratori tomonidan UZ domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish bo‘yicha ro‘yxatga oluvchilar uchun narxlar oshishi munosabati bilan 2024-yil 1-iyuldan boshlab UZ domenlarini 1 yilga ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish narxi 27 000 so‘mga teng bo‘ladi, Redemption Period davrida domenlarni 1 yilga uzaytirish narxi esa 80 000 so‘mga teng bo‘ladi.

2024-yil 1-iyulgacha UZ domenlarini eski narxda – 1 yilga 17 000 so‘m bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, UZ domenlarini 10 yilgacha ro‘yxatdan o‘tkazish va uzaytirish mumkin.