aHOST ICANN akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi

Nashr sanasi: 
07.04.2025

2024-yilda aHOST kompaniyasi barcha zarur tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tib, ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) akkreditatsiyasini qo‘lga kiritdi. Bu muhim yutuq bizning xalqaro standartlarga javob berishimiz va taqdim etayotgan xizmatlarimizning ishonchliligini tasdiqlaydi.

aHOST kompaniyasi O‘zbekiston bo‘yicha birinchi va Markaziy Osiyo bo‘yicha ikkinchi bo‘lib ICANN akkreditatsiyasiga ega bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda biz Verisign, PIR, ID va CentralNIC kabi asosiy xalqaro reyestrlar bilan shartnomalar tuzib, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni yo‘lga qo‘ydik. Amazon va Google kabi yirik kompaniyalar reyestrlari bilan integratsiya ishlari faol davom etmoqda.

Bu orqali mijozlarimiz 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domenlarni vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ishonchli, tezkor hamda qulay shartlarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Biz mijozlarimizga xalqaro darajadagi yuqori sifatli va qulay xizmatlarni taqdim etishda davom etamiz.

aHOSTni tanlaganingiz uchun rahmat!