Hurmatli abonentlar!
Biz ahost.uz saytimizda e’lon qilingan Maxfiylik siyosatini yangiladik. Yangi tahrir 2025-yil 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va bu o‘zgarishlar kompaniyamizning xalqaro ICANN tashkilotidan rasmiy akkreditatsiyadan o‘tishi bilan bog‘liqdir.
Endilikda Siyosatda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishga oid yanada qat’iy talablar aks ettirilgan — bu ICANN va domen reyestrlari bilan hamkorlik doirasida biz qabul qilgan xalqaro standartlar va majburiyatlarga muvofiq belgilangan.
Asosiy yangilanishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va asoslarini kengaytirilgan tarzda bayon etish;
- abonentlarning huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq aniqlashtirish;
- ma’lumotlarni xalqaro hamkorlar va reyestrlarga uzatish shartlarini ochiqlash;
- siyosatning ikki tilda — rus va o‘zbek tillarida — mavjudligi.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qilish va abonentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida to‘liq ochiqlikni ta’minlashda davom etamiz.
Yangi tahrir bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: ahost.uz/uz/policy
Hurmat bilan,
aHOST jamoasi