Xizmatlarni tiklash bo'yicha shoshilinch texnik ishlar amalga oshirildi

Дата публикации: 
03.08.2024

Hurmatli obunachilar

 

08.03.2024 soat 00:20 da serverlarimizga xakerlik hujumlari uyushtirildi, natijada bir nechta serverlarimiz buzib tashlandi. Serverlar VMware vCenter dasturiy mahsulotidagi zaiflik tufayli buzib kirilgan. Buzg'unchilar serverlarga kirish imkoniga ega bo'lib, ma'lumotlarni shifrlashdi, shuning uchun bizning ba'zi xizmatlarimiz, shu jumladan DNS-server ishlamay qoldi.

Mutaxassislarimiz ma'lumotlarni dekodlash va ularni qayta tiklash bo'yicha juda ko'p ishlarni amalga oshirdilar. Ayni paytda barcha ma'lumotlar to'liq tiklandi. Barcha xizmatlar odatdagidek ishlayapti.

Mutaxassislarimiz zudlik bilan tekshiruv o‘tkazib VMware vCenter dasturiy mahsulotida zaiflikni aniqladilar. Topilgan zaiflik tuzatildi.

Shuningdek, biz bulutli infratuzilmani asta-sekin o‘z mahsulotlarimizga ko‘chirmoqdamiz. Unda ba'zi xizmatlar allaqachon muvaffaqiyatli ishlamoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.