O‘z ma'lumotlar markazimizdagi yangi premium xosting tarif rejalari!

Nashr sanasi: 
22.04.2025

Biz infratuzilmamizni rivojlantirishda davom etmoqdamiz va yangi virtual xosting tarif rejalari bilan tanishtirishdan mamnunmiz. Ushbu tariflar Toshkentdagi (TAS-IX) o‘z ma'lumotlar markazi bazasida ishga tushirilgan. Bu eng talabchan loyihalar uchun premium darajadagi yechimlardir!

 

⚡ Nima uchun bu muhim?

  • Bizning yuqori unumdor serverlarimiz hatto yuqori yuklama holatlarida ham maksimal tezlik va barqarorlikni ta'minlaydi
  • Resurslarni izolyatsiya qilish texnologiyalaridan (LVE, CageFS, MySQL Governor) foydalaniladi — boshqa foydalanuvchilarning yuklamasi sizning loyihangizga ta'sir qilmaydi
  • TAS-IX tarmog‘iga to‘liq integratsiya — O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun minimal kechikish
  • Sozlamalar moslashuvchanligi: kerakli PHP, Python, Node.js, Ruby versiyalarini tanlang, shu jumladan eski loyihalarni (legacy) qo‘llab-quvvatlash imkoniyati

 

⚙️ Yangi server yangilanishlari va imkoniyatlari:

 

🗄 Zamonaviy ma'lumotlar bazalarini qo‘llab-quvvatlash:

  • PostgreSQL 13
  • MariaDB 11.4.5

 

📡 TAS-IX tarmog‘ida yangilik:

  • TAS-IX tarmog‘idan ma'lumotlar bazalariga ulanish bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlandi — endi lokal resurslar bilan ishlash yanada qulay!

 

🛡 Xavfsizlik va ishonchlilik oshirildi:

  • Kunlik inkremental zaxira nusxalar
  • Haftalik zaxira nusxalar (oyiga 3 tagacha)
  • Oylik zaxira nusxalar (yiliga 6 tagacha)
  • MySQL ma'lumotlar bazalarining avtomatik zaxira nusxasi har kuni 00:05 da yaratiladi

 

🧠 Mashhur dasturlash tillarini qo‘llab-quvvatlash:

  • Node.js: 6.17.1 dan 22.14.0 gacha (standart — 22.14.0)
  • Python: 2.7.18 dan 3.13.2 gacha (standart — 3.13.2)
  • PHP: 5.2 dan 8.4 gacha
  • Ruby: endi rasmiy qo‘llab-quvvatlanadi!

 

🚀 Ishlash unumdorligi nazorat ostida:

  • MySQL Governor — sayt resurslari qo‘shni foydalanuvchilardan izolyatsiya qilingan, begona yuklamalar sizning loyihangizga ta'sir qilmaydi

 

📬 Antispam himoyasi:

  • ASSP (Anti-Spam SMTP Proxy) — SMTP darajasida zamonaviy spam filtrlash tizimi

 

Yangi darajadagi xizmatlarga tayyormisiz! 💻✨

Qo‘shimcha sozlamalar kerak bo‘lsa — bizning texnik yordam jamoamiz har doim yoningizda.

 

Tariflar haqida batafsil