Biz O‘zbekiston hududidagi TAS-IX tarmog‘ida va Germaniyada xostingni taqdim etamiz

Bizdan siz O'zbekiston hududida va Germaniyada yuqori sifatli xostingni buyurtma berishingiz, UZ domen nomini yoki 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domen nomini ro'yxatdan o'tkazishingiz, virtual va jismoniy serverni ijaraga olishingiz, shuningdek, mashxur provayderlar SSL sertifikatlarini xarid qilishingiz mumkin. Bizning serverlarimiz O'zbekiston hududining TAS-IX tarmog'idagi va Germaniyadagi ma'lumotlar markazida joylashgan.

Buyurtma berish uchun sizni qiziqtirgan xizmatni tanlang va buyurtma tugmasini bosing. Agar buyurtma berishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling, bizning mutaxassislarimiz sizga albatta yordam beradilar.

 

Yangiliklar

[11.04.2025]

Hurmatli abonentlar!

 

Biz ahost.uz saytimizda e’lon qilingan Maxfiylik siyosatini yangiladik. Yangi tahrir 2025-yil 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va bu o‘zgarishlar kompaniyamizning xalqaro ICANN tashkilotidan rasmiy akkreditatsiyadan o‘tishi bilan bog‘liqdir.

 

Endilikda Siyosatda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishga oid yanada qat’iy talablar aks ettirilgan — bu ICANN va domen reyestrlari bilan hamkorlik doirasida biz qabul qilgan xalqaro standartlar va majburiyatlarga muvofiq belgilangan.

batafsil
 
[11.04.2025]

Hurmatli mijozlar!

 

Sizni xabardor qilamizki, ma’lumot markazi tomonida aloqa kanali bilan bog‘liq nosozlik yuz berdi. Ushbu muammo ma’lumot markazi mutaxassislari tomonidan tezda bartaraf etildi.

Bizning infratuzilmamiz butun vaqt davomida barqaror ishladi va mijozlar ma’lumotlari xavfsizligiga tahdid yo‘q edi.

 

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun rahmat!

aHOST jamoasi

batafsil
 
[07.04.2025]

2024-yilda aHOST kompaniyasi barcha zarur tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tib, ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) akkreditatsiyasini qo‘lga kiritdi. Bu muhim yutuq bizning xalqaro standartlarga javob berishimiz va taqdim etayotgan xizmatlarimizning ishonchliligini tasdiqlaydi.

aHOST kompaniyasi O‘zbekiston bo‘yicha birinchi va Markaziy Osiyo bo‘yicha ikkinchi bo‘lib ICANN akkreditatsiyasiga ega bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda biz Verisign, PIR, ID va CentralNIC kabi asosiy xalqaro reyestrlar bilan shartnomalar tuzib, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni yo‘lga qo‘ydik. Amazon va Google kabi yirik kompaniyalar reyestrlari bilan integratsiya ishlari faol davom etmoqda.

Bu orqali mijozlarimiz 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domenlarni vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ishonchli, tezkor hamda qulay shartlarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Biz mijozlarimizga xalqaro darajadagi yuqori sifatli va qulay xizmatlarni taqdim etishda davom etamiz.

aHOSTni tanlaganingiz uchun rahmat!

batafsil
 
[29.03.2025]

Аziz yurtdoshlar va hurmatli hamkasblar!

Samimiyat bilan sizlarni ulug' va muqaddas bayrami - Ramazon Hayit ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Oilaviy quvonch va totuvlik doimiy xamrohingiz bo'lsin.

Yurtimizda tinchlik, osoishtalik xonadonimizni fayzu baraka tark etmasin.

 

Bayram munosabati bilan, 29.03.2025 kuni ish kuni qisqartiriladi, ofis 16:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[27.03.2025]

Biz o‘z bonus valyutamiz — XPni ishga tushirdik! Uni xizmatlarimiz uchun to‘lov qilishda ishlatishingiz mumkin! 1 XP = 1 so‘m.

XP quyidagilar uchun beriladi:

✅ 1% keshbek — domenlar va hosting xizmatlari uchun to‘lovlardan so‘ng.
✅ Bayram sovg‘alari — har bir bayram va tug‘ilgan kun uchun 10 000 XP.
✅ Taqrizlar — har bir halol taqriz uchun 25 000 XP.
✅ Ijtimoiy tarmoqlarga obuna — har bir kanalga obuna uchun 5 000 XP.
✅ Do‘stlarni taklif qilish — taklif etilgan do‘stlarning har bir to‘lovidan 1%.
✅ Progresiv keshbek — xizmatlarimiz uchun umumiy xarajatlardan 4% gacha aytariladi.
✅ Auktsion domenlari — har bir yutib olingan domen uchun 1% keshbek.

batafsil
 
[23.03.2025]

Joriy yilda SUVAN NET kompaniyasi aHOST brendi ostida muhim bosqichni nishonlamoqda — muvaffaqiyatli faoliyatining 15 yilligi!

Bu yillar davomida biz rivojlandik, ilg‘or texnologiyalarni joriy etdik, servisni yaxshiladik va siz — mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan birga ulg‘aydik.

Ushbu 15 yil davomida:

  • Minglab loyihalarga ishonchli xosting topishda va barqaror ishlashda yordam berdik.
  • Saytlarni tez va xavfsiz joylashtirish uchun kuchli infratuzilma yaratdik.
  • Sizni 24/7 qo‘llab-quvvatlashga tayyor mutaxassislar jamoasini shakllantirdik.

aHOST’ni tanlaganingiz uchun rahmat!

Oldinda yanada ko‘proq yutuqlar, yangi yechimlar va yoqimli syurprizlar kutmoqda. Biz bilan qoling — eng yaxshisi hali oldinda!

batafsil